Start container
Tavsiya etiladi
Darsni boshlashdan oldin barcha ishlab turgan containerlarni ishlashdan to'xtatib turishingiz tavsiya etiladi. Buning uchun albatta oldingi darsdagi docker stop <container_id_yoki_nomi> buyrug'idan foydalanasiz.
Har safar IMAGE ID yordamida containerni ishga tushirganimizda yangi container yaratiladi. Natijada containerlar soni ortib ketadi. Shuning uchun bu darsda avval yaratilgan containerni qaytadan ishga tushirishni o'rganamiz.
Buning uchun avval ishlashdan containerlar ro'yxatini ko'rishimiz kerak. docker ps buyrug'i faqat ishlab turgan containerlar ro'yxatini ko'rsatadi. Bizga esa barcha containerlar ro'yxati kerak. Buning uchun,
docker ps -abuyrug'idan foydalanamiz. Konsoldagi natijada:
CONTAINER ID IMAGE COMMAND CREATED STATUS PORTS NAMES
3f1578125a03 b1fc363351b7 "docker-entrypoint.s…" 12 minutes ago Exited (137) 11 minutes ago vigorous_lumiere
236ec7e4f8bd b1fc363351b7 "docker-entrypoint.s…" 2 hours ago Exited (137) About a minute ago musing_wright
...STATUS ustunidagi qiymat Exited... bilan boshlansa, demak bu container ishlashdan to'xtagan. Biz esa hozir ishlashdan to'xtagan containerni qaytadan ishga tushiramiz.
Buning uchun biz CONTAINER IDdan (containerning id qiymati) yoki NAMESdan (containerning nomi) foydalanishimiz mumkin.
Sintaksis:
docker start <container_id_yoki_nomi>Birinchi turgan containerni qaytadan ishga tushiramiz:
docker start 3f1578125a03docker start vigorous_lumiereBu holatda containerlar soni ortib ketmaydi, sababi bu yerda biz mavjud containerni ishga tushiryapmiz.