Run the first container
Avvalgi darsimizda qurilgan image
asosida birinchi container
imizni ishga tushiramiz. Buning uchun bizga image
ning id
qiymati kerak bo'ladi.
Sintaksis quyidagicha:
docker run <image_id>
image_id
o'rniga o'zimizning qiymatni qo'yadigan bo'lsak,
docker run b1fc363351b7
bo'ladi.
E'tibor bering
image_id
o'rniga o'zingiz yaratgan IMAGE ID
qiymatingizni yozasiz.
Buyruqni ishga tushiramiz. Proyektimiz http://127.0.0.1:3000 manzilida ishga tushishi kerak. Lekin browser orqali ushbu manzilga kirsak, ishlamayotganini ko'rishimiz mumkin.
Container
ishlayapti, lekin proyekt container
ning ichida ishga tushgan. Kompyuterimizda proyekt bilan aloqa bo'lishi uchun container
dagi proyekt ma'lum bir portda chop etilishi kerak.
Shuning uchun, container
ni ishga tushirish buyrug'iga o'zgartirish kiritamiz. Bundan avval ishlab turgan container
ni to'xtatib olishimiz kerak. Buning uchun yangi terminal oynasini ochib olamiz va ishlab turgan container
lar ro'yxati konsolga chiqaramiz:
docker ps
Konsolda quyidagi natija ko'rinadi:
CONTAINER ID IMAGE COMMAND CREATED STATUS PORTS NAMES
236ec7e4f8bd b1fc363351b7 "docker-entrypoint.s…" About an hour ago Up About an hour 80/tcp musing_wright
Container
ni CONTAINER ID
(id qiymati) yoki NAMES
(nomi) orqali to'xtatishimiz mumkin:
Sintaksis:
docker stop <container_id_yoki_nomi>
Container
ni to'xtatib olamiz:
docker stop 236ec7e4f8bd
docker stop musing_wright
Bu biroz vaqt olishi mumkin. Jarayon yakunlangandan keyin oldingi terminalga qaytsak, container
to'xtaganini ko'rishimiz mumkin.
Ana endi yangilangan buyruq yordamida containerni ishga tushiramiz:
docker run -p 3000:3000 b1fc363351b7
-p
container
dagi portni ma'lum bir portda chop etish uchun foydalaniladi.
Sintaksis:
docker run -p <chop_etish_uchun_port>:<container_ichidagi_port> ...
Birinchi port bu chop etiladigan port. Ikkinchi port, :
dan keyingi port esa container ichida ishlab turgan, biz chop etmoqchi bo'lgan port hisoblanadi.
Ishlash oson bo'lishi uchun 3000
portni 3000
portida chop etish buyrug'i yozildi. Aslida container
ichidagi portni istalgan portda chop etish mumkin. Agar biz 3000
portni 8000 portda chop etmoqchi bo'lsak, container
ni ishga tushirish buyrug'i quyidagicha o'zgaradi:
docker run -p 8000:3000 b1fc363351b7
Lekin avvalgi buyruqni ishga tushiramiz:
docker run -p 3000:3000 b1fc363351b7
Ana endi http://127.0.0.1:3000 manziliga kirsak, proyekt ishlayotganini ko'rishimiz mumkin.