Remove images & containers
Bu darsda keraksiz image va containerlarni o'chirishni o'rganamiz.
Avvaliga containerlarni qanday o'chirishni o'rganamiz.
Containerni o'chirish uchun avvalambor u ishlashdan to'xtagan bo'lishi shart. To'xtagan containerning id qiymati yoki nomi yordamida o'chirish mumkin.
Sintaksis:
docker rm <container_id_yoki_nomi>Agar bir nechta containerlarni o'chirmoqchi bo'lsak, shunchaki containerlarni ketma-ket yozish kifoya:
docker rm <container_id_yoki_nomi_1> <container_id_yoki_nomi_2> ...Barcha ishlashdan to'xtagan containerlarni bitta buyruq bilan o'chirib tashlash uchun esa:
docker container pruneAna endi imageni o'chirishni o'rganamiz.
Imageni o'chirish uchun avval shu image asosida yaratilgan container(lar)ni o'chirish kerak.
Imageni o'chirish uchun sintaksis:
docker rmi <image_id>Bir nechta imagelarni o'chirish uchun shunchaki ketma-ket yozish kifoya:
docker rmi <image_id1> <image_id2> ...Foydalanilmayotgan va tag qiymati bo'lmagan barcha imagelarni o'chirish uchun:
docker image pruneImagelar ro'yxatini ko'radigan bo'lsak,
docker imagesnatijada
REPOSITORY TAG IMAGE ID CREATED SIZE
<none> <none> d59a2d117c4a 8 minutes ago 1.11GB
python latest e07822fe64e5 5 weeks ago 1.02GBTag bu TAG ustunidagi qiymat. <none> degani qiymati yo'q degani.
Barcha foydalanilmayotgan (tag qiymati bor bo'lsa ham, bo'lmasa ham) imagelarni o'chirish uchun:
docker image prune -a