Auto remove container
Proyektimiz container
da ishga tushirishni o'rgandik. Ammo ma'lum vaqt o'tgandan keyin proyektga qandaydir o'zgarishlar kiritishimiz mumkin. Agarda proyektga o'zgarish kiritilsa, bu o'zgarishlar image
va container
ga ta'sir qilmaydi va o'zgarishlar natijada ko'rinmaydi.
Chunki joriy container
proyektning eski holati bo'yicha qurilgan image
asosida ishga tushgan. Image
ni esa tahrirlab bo'lmaydi, ya'ni proyektdagi o'zgarishlarni image
ga kiritib bo'lmaydi.
Bunday holatda faqat biz proyektning yangi versiyasi uchun yana boshida image
ni qurishimiz kerak. Image
qaytadan qurilgandan keyin bu proyektdagi o'zgarishlar container
da ham amalga oshishi uchun mavjud container
ni qaytadan ishga tushirish o'rniga yangi image
asosida yangi container
ni ishga tushiramiz.
Hammasi tushunarli bo'lgan bo'lsa, navbatdagi holatga e'tibor qaratamiz.
Biz oldingi darslarda container
lar soni ortib ketmasligi uchun mavjud container
ni qaytadan ishga tushirishni o'rgangandik. Lekin agarda proyektga o'zgarish kiritilsa, baribir yangi container
yaratishga majbur bo'lamiz. Natija container
lar soni baribir ortib ketmoqda.
Shuning uchun bu holatga navbatdagi yechim bor. Qachonki biz docker run ...
buyrug'i orqali container
ni ishga tushirayotgamizda, qachonki shu container
ishlashdan to'xtasa, avtomatik o'chib ketadigan qilishimiz mumkin. Ya'ni, agar container
ishlashdan to'xtasa, xotiradan avtomatik o'chib ketadi.
Buning uchun containerni ishga tushirish buyrug'ini quyidagicha o'zgartirish kiritamiz:
docker run -p 3000:3000 --rm 0dbc94488402
--rm
aynan container
ishlashdan to'xtagandan keyin uni avtomatik o'chirib yuborishga javob beradi.