Build the first image
Avvalgi darsda proyektimiz uchun Dockerfile faylida kod yozdik. Ana endi shu fayl asosida image qurib olamiz. Imageni qurish uchun terminalni ochib olamiz.
E'tibor bering
Terminaldagi manzil proyekt joylashgan manzil bo'lishi kerak.
Terminalda imageni qurish uchun quyidagi komandani yozamiz:
bash
docker build .build buyrug'i imageni qurish uchun foydalaniladi. . esa Dockerfile fayli joylashgan manzilni anglatadi.
Ana endi imagelar ro'yxatini ko'rib, imagening id qiymatini aniqlab olamiz.
Buning uchun quyidagi komandadan foydalanamiz:
bash
docker imagesKonsolda quyidagi natija ko'rinadi:
text
REPOSITORY TAG IMAGE ID CREATED SIZE
<none> <none> b1fc363351b7 5 seconds ago 1.11GB
...IMAGE ID pastida turgan qiymat imagening id qiymati hisoblanadi.
TIP
Bu yerdagi qiymat siznikidan farq qilishi mumkin.